Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:55 / 18.11.2015
1968
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyada avtobus stansiyasida terakt amalga oshirilib, 32 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya shimoli-sharqidagi Yola shahridagi avtobus stansiyasida portlash yuz berdi va 32 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro Qizil xoch jamiyatidagi manbasiga asoslangan holda Reyter nashri xabar tarqatdi.
Ushbu terakt tufayli 80 kishi jarohatlangan.
Adamava shtati politsiyasining matbuot xizmatida aytilishicha, qurbon bo‘lganlarning aksari savdogarlar va tinch aholi vakillari bo‘ldi.
Hukumat bu teraktda "Boko Haram"ni ayblagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish