Jahon | 10:55 / 18.11.2015
4922
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Rossiya Asadni qo‘llashdan IShIDga qarshi kurashga o‘tishi lozim

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya tez orada Suriya prezidenti Bashar Asadni “ko‘r-ko‘rona” qo‘llab-quvvatlashdan ko‘ra IShIDga qarshi kurashga jiddiy e'tibor berishini chin dildan istashini tan oldi.

Bu haqda u Osiyo va Tinch okeani sammitidagi chiqishida aytib o‘tdi.
“Men bu masalani RF prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishni istardim”, - qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, u Rossiyaning IShIDga qarshi xatti-harakatlarini ma'qullashini aytdi.
“Men IShIDga qarshi kurashayotgan Moskvani ma'qullayman. Muammo dastlab Suriyaga uyushtirilgan harbiy hujum haqida ketayotgan edi, ular prezident Asadga yordam ko‘rsatish bilan band edi”, - ta'kidladi Obama.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish