16:03 / 18.11.2015
4442

O‘zbek olimlari C gepatiti virusini aniqlashning yangi usulini ixtiro qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining "Radiopreparat" davlat korxonasi olimlari C gepatiti virusiga qarshi antitanachalarni immunoferment uslubi bilan aniqlash usulini ixtiro qildilar.

Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
Ushbu usul virusologiya va immunologiya, S gepatiti bo‘lgan bemor qonida topilgan antitanalarni aniqlash va donor qonining skrining tadqiqotlarini olib borish maqsadida o‘tkaziladigan immunologik tahlil uchun reagentlar to‘plamini ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Uning vazifasi tahlilning ta'sirchanligi va o‘ziga xosligini oshirishdan iborat.
Mualliflar - A.M.Abdukayumov, Sh.X.Nurmatov, V.B.Kozlovskiy va O.A. Zaysevaga mazkur ixtiro uchun № IAP 05104 raqamli patent berildi.

Top