10:48 / 19.11.2015
2643

AQSh IShIDga qarshi muxolif va hukumat qo‘shinlari birlashishi mumkinligini aytmoqda

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining so‘zlariga qaraganda, Suriya armiyasi va muxolifat qo‘shinlari IShIDga qarshi kurash yo‘lida o‘z sa'y-harakatlarini birlashtirishi mumkin. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, bu mamlakatda siyosiy o‘tish jarayoni boshlangandagina amalga oshadi.

“Agar hokimiyatda siyosiy o‘tish jarayoni ishlasa, siz mintaqadagi barcha kuchlarni, shu jumladan, Suriya armiyasi va muxolifatni birlashtirib, IShIDga qarshi kurashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, - dedi u xorijdagi xavfsizlik bo‘yicha 30-maslahat kengashidagi chiqishida.

Kerri IShIDni sivilizatsiyaga tahdid deb atab, barcha davlatlar, dini va madaniy o‘ziga xosliklaridan qat'iy nazar, unga qarshi kurashishiga umid bildirdi.

Top