12:26 / 19.11.2015
5032

IIV Jizzax viloyatida gaz quvuri portlagani haqidagi xabarlarni inkor qildi

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida “G‘allaorol-Yangiyer-Toshkent” gaz quvuri uchastkalaridan birida avariya sodir bo‘lgan. Bu haqda Uzbekistan Today agentligiga IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Ismoil Sharipov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 13 noyabr kuni Jizzax viloyati markazidan 15 kilometr shimoli-g‘arb tomonda gaz quvuri ulamalaridan birida portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar noto‘g‘ri.

“U yerda hech qanday portlash yoki yong‘in sodir bo‘lmagan, bu faqatgina avariya edi”, - dedi Sharipov avariya sababi va xarakteriga oydinlik kiritmagan holda.

Uning ma'lum qilishicha, quvur avariyaviy bekitilgandan so‘ng barcha muammolar bartaraf etilgan.

Top