00:16 / 19.11.2015
3189

Qirg‘iziston FVV zilzila vaqtida shikastlangan uylarda yashovchilarni evakuatsiya qildi

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari mamlakat janubida yuz bergan zilzila vaqtida qattiq shikastlangan uylarda yashovchilarni evakuatsiya qildilar. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

“Umumiy hisobda, ekspertlar tomonidan avariyaviy deb topilgan 80 dan ko‘proq binodan odamlar evakuatsiya qilindi”, deyilmoqda vazirlikda. FVV xodimlarining aytishicha, odamlar maxsus chodirli shaharchaga ko‘chirib o‘tkazilganlar. “Shaharchadagi odamlar barcha zarur narsalar bilan, jumladan oziq-ovqat, elektr energiya, issiq kiyim, suv va dori-darmon bilan ta'minlanganlar”, deyilmoqda FVVda. Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘sh viloyatining Qorasuv tumanining o‘zida zilzila oqibatida 6 ta uy vayron bo‘lgan va yana 30 ta uy avariyaviy holatda qolmoqda.

17 noyabr yarim tunga yaqin Qirg‘iziston O‘sh viloyatining janubida bir qator zilzilalar yuz berdi. Ulardan eng kuchlisi markazida 7 ballgacha yetdi. Tabiiy ofat yetkazgan zarar hajmi aniqlashtirilmoqda. Qirg‘iziston FVV mamlakat aholisini yana 9 ballik zilzila bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqatmaslik va sarosimaga berilmaslikka chaqirmoqda, chunki mamlakatda vaqti-vaqti bilan tektonik plitalarning siljishi yuz beradi.

Top