Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada rejalashtirilgan teraktlarning oldi olindi
Ostona shahri hokimi Jo‘ldasbek Jaqsibekovning ma'lumot berishicha, Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi poytaxtda rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi.
“Aksilterror masalalari bugungi kunda birinchi darajada turibdi.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi shaharda 4 oy muqaddam katta va yaxshi ta'minlangan maxfiy guruhni fosh qildi, u Ostonada teraktlar uyushtirishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi”, - dedi u shaharning qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishida.
U terrorchilik tahdidlarini bartaraf qilish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirishga chaqirdi. “Kecha shahar aksilterror komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Barcha tegishli strukturalarga topshiriqlar berildi. Huquq-tartibot organlari bu masalada aholining yordamiga tayanishi lozim”, - ta'kidladi Jaqsibekov.