17:37 / 21.11.2015
3835

Afg‘onistonda portlash yuz berishi tufayli 4 talaba jarohatlandi

21 noyabr kuni Afg‘oniston sharqidagi Paktiya viloyatidagi ma'muriy binoda portlash yuz berishi natijasida 4 nafar talaba shikastlangan. Bu haqda Pajvak agentligi xabar tarqatdi.

Voqea Gardez shahridagi viloyat madaniyat va axborot boshqarmasi binosida yuz bergan.

Keyingi oylarda Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat taranglashmoqda. "Tolibon" jangarilari mamlakatning shimolidagi tog‘lardan tushib, tekisliklarda faol harakatlanishni boshlagan va yirik shaharlarga hujumlar uyushtirishni boshlagan. Sentyabr oyi oxirida "Tolibon" Qunduz shahrini egallab oldi va 10 kun davomida o‘z nazorati ostida ushlab turdi. 300 mingdan ortiq kishi yashaydigan bu shaharni hukumat qaytarib olish uchun keng ko‘lamli hujumga o‘tgach, jangarilar aholi jabrlanmasligi maqsadida chekinayotganini bildirib, shaharni tashlab chiqdi. Shundan ozroq vaqt o‘tib, "Tolibonlar" G‘azni shahriga bosqin uyushtirishdi. Shuningdek, oktabr oyida Kobul viloyatida ham tolibonlarning hujumi kuzatildi.

Top