21:46 / 21.11.2015
2756

«Manchester Yunayted» safarda «Uotford»ni taslim etdi

Angliya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Uotford" hamda "Manchester Yunayted" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda 1:2 hisobi qayd etilib, mankunianliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, o‘yinning 11-daqiqasidayoq Memfis Depay mankunianliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

87-daqiqaga kelib Dini penaltidan muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tgach aynan Dinining avtogoli Lui van Gal shogirdlariga g‘alabani taqdim etdi.

Uotford – Manchester Yunayted 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Depay, 1:1 – 87, penalti Dini, 1:2 – 90, avtogol Dini.
Uotford – Gomes, Nom (Paredes, 69), Ketkart, Britos, Anya, Kapu, Uotson, Abdi, Dini, Xurado (Ake, 46), Igalo.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Jons (Makneyr, 69), Smolling, Blind, Shnayderlin, Shvaynshtayger, Mata (Pereyra, 79), Errera (Roxo, 25), Lingard, Depay.
Ogohlantirishlar: Uotson (68), Yang (74), Lingard (75).

Manba:uff.uz

Top