13:21 / 21.11.2015
3268

Tojikistonning ichki savdo aylanmasi 836 mln dollarga tushib ketdi

Tojikistonning joriy yil o‘n oyi davomida ichki savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 836,6 mln dollarga tushib ketdi. Bu haqda mamlakat prezidenti huzuridagi statistika agentligi xabar bergan.

Savdo balansi 2 mlrd dollar hisobida quyilab ketgan.
O‘tgan o‘n oy vaqt orasida Tojikiston 750 mln dollar miqdorida mahsulot eksport qilgan. Bu o‘tgan yilgi shu davr ko‘rsatkichiga nisbatan 62,4 mln dollarga (7,7 foiz) kamdir.
Tovarlar importi esa 2,8 mln dollar atrofidagi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Bu 2014 yil yanvar-oktabr oyi ko‘rsatkichiga qaraganda 21,8 foizga kamdir.
Tojikiston joriy yilning yanvar-oktabr oylari oralig‘ida 87 mamlakat bilan ichki savdo aylanmasini olib borgan.

Respublikaning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlari Rossiya (940 mln dollar atrofida), Xitoy (608 mln dollar) va Qozog‘iston (590 mln dollar) bo‘lgan.

Top