22:22 / 22.11.2015
4202

Eronda The Washington Post nashri jurnalisti qamoq jazosiga tortildi

Eronda sud AQShning The Washington Post nashri jurnalisti Jyeyson Rezaynni josuslik uchun qamoq jazosiga mahkum etdi, deb xabar bermoqda Eron bosh prokurori G‘ulom Husayn Mo‘shani Ajayga iqtibos keltirgan holda Washington Post nashri.

Ajay jurnalist qanday muddatdagi qamoq jazosi olganini ma'lum qila olmagan.

“Jyeyson Rezayn qamoq jazosini o‘taydi, biroq men hozircha tafsilotlarni ayta olmayman”, deb aytdi prokuror.

Jurnal muharrirlaridan biri Duglas Jyelning aytishicha, Rezaynning qamoqda qolishi adolatsizlikdir.

“Jyeyson qamoqda 487 kun o‘tkazgandan keyin ham Eron u tomondan yo‘q qo‘yilgan qoidabuzarlik bo‘yicha hech qanday isbot keltira olmadi. Hibsga olingan va hukm chiqarilgan – yolg‘on, u zudlik bilan ozodlikka chiqarilishi kerak”, deb aytdi Jyel.

Tehronda 2012 yildan beri maxsus muxbir bo‘lib ishlagan Jyeyson Rezayn joriy yilning iyulida o‘z rafiqasi bilan hibsga olingan. Uning rafiqasi oktabrda ozodlikka chiqarilgan. Shu muddat ichida jurnalistga nisbatan hech qanday ayblov e'lon qilinmagan.

Avvalroq Eron hukumati Jyeyson Rezaynni bir necha yilga ozodlikdan mahrum etgani ma'lum qilingandi.

Top