09:01 / 23.11.2015
2027

Bryusselda politsiya tomonidan olib borilgan maxsus operatsiya yakunlandi

Belgiyaning Bryussel shahrida terakt xavfining oldini olish borasida o‘tkazilgan politsiya maxsus operatsiyasi yakunlandi, deb xabar bermoqda France Télé Info.

Avvalroq Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan maxsus operatsiyaning surat va videolari #brusselslockdown tegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan edi.

“Politsiya tomonidan o‘tkazilgan operatsiya rasaman yakunlandi. Shu sababdan ham suratlar tarqatishni bas qiling”, — deb ma'lum qilgan Financial Times byurosi rahbari o‘z tvitterida.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va jurnalistlar terrorchilar qo‘lga kiritmasliklari uchun politsiya harakatlari aks etgan suratlarni tarqatmaslikka chaqirildi.

Top