Jahon | 09:15 / 23.11.2015
1695
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya 2016 yilgi Olimpiada arafasida Braziliya bilan razvedka ma'lumotlari almashadi

Fransiya hukumati 2016 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida Braziliya bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Fransiya TIV rahbari Loran Fabius Braziliyaga tashrif buyurgan. U Braziliya hukumati bilan Parijda noyabr oyi oxirida boshlanadigan iqlim isishi bo‘yicha sammit masalasida muhokama o‘tkazish uchun kelgan.

"Fransiya vaziri Fabius Braziliya hukumati bilan terrorizmga qarshi kurash sohasida ma'lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi", degan Braziliya TIV rahbari Mauro Viyeyra.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish