19:34 / 23.11.2015
13165

Toshkentda dafn marosimlari xizmati uchun tariflar va yodgorliklar o‘rnatish bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi

Toshkent shahar hokimi poytaxt qabristonlarida marosim xizmatlari uchun yangi tariflarga oid qaror qabul qildi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar berdi.
Yangi qarorga muvofiq, dafn qilishni tashkil etish uchun joyni tanlash endilikda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan gidrogeologik xususiyatlari, relefining o‘ziga xosligi, tuproq tarkibi, ekologik holatning chegaraviy darajasi, shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlari qurilishi qoidalariga, shuningdek, sanitariya me'yorlari va qoidalariga muvofiqligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Qarorda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan qabristonlar yagona belgilangan tariflarni ishlab chiqish, aholini to‘liq xabardor qilish maqsadida ularni ko‘rinarli o‘rinlarga joylashtirish; o‘ziga xos arxitekturaviy shaklga ega qabr toshlari, haykal yoki yodgorlik inshootlarini o‘rnatishga faqatgina tegishli loyihaviy-smetaviy hujjatlar hamda Toshkent shahri hokimining qarori bo‘lgan taqdirda ijozat berilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu qaror rasman e'lon qilingan 2015 yilning 17 noyabridan kuchga kirdi.
Yangi tariflarni ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Top