22:54 / 24.11.2015
4561

O‘zbekistonda yer sirti kuchli harakatlari stansiyalari tarmog‘i yaratilmoqda

O‘zbekistonda 2015 yilning oxirigacha O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda zilzilalar haqida tezkorlik bilan xabar berishga imkon beruvchi yer sirti kuchli harakatlari stansiyalari tarmog‘i yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori Sabriddin Xusomiddinov “Xalq so‘zi” gazetasida chop etilgan maqolasida ma'lum qildi.

“Tarmoqning joriy yilda to‘liq joriy qilinishi FVVning hududiy boshqarmalariga kuzatuv punktida yer qimirlashi paytida uning kuchini ballarda aniqlashga, boshqaruv markazida esa 1-2 daqiqa ichida hududlar bo‘yicha zilzila kuchi xaritasini olishga imkon beradi”, deb aytdi Xusomiddinov.

Xusomiddinovning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda institutning kuchli zilzilalar haqida tezkor xabar yetkazish xizmati seysmik kuzatuvlar xalqaro tarmog‘i ma'lumotlaridan tezkor foydalana oladi, bu sayyoramizning butun hududlari bo‘ylab seysmik vaziyatni kuzatishga imkon beradi. Bu Markaziy Osiyoning turli seysmik faol zonalarida kuchli zilzilalar haqida erta xabar berish imkoniyatini beradi.

Top