20:55 / 24.11.2015
19147

Putin: Rossiya Su-24 ga qilingan hujum kabi jinoyatlarga chidab turmaydi

Rossiya Turkiya tomondan Su-24 harbiy samolyotiga hujum qilingani kabi jinoyatlarga chidab turmaydi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

“Men tushunaman, har bir davlatning o‘zining mintaqaviy manfaatlari bor va biz ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz. Biroq biz bugun sodir etilgan jinoyat kabi jinoyatlarga chidab turmaymiz”, deb aytdi Putin.

Avvalroq Putin Su-24 samolyotiga hujum qilinishini “orqaga pichoq urish” deb atadi. Putin ushbu hujum AQSh bilan havoda noxush voqealarning oldini olish haqidagi kelishuv imzolanganiga qaramasdan yuz berganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top