21:22 / 24.11.2015
4632

Tojikistonning 1500 fuqarosiga Rossiyaga kirishga ruxsat berildi

Turli sabablarga ko‘ra Rossiyaga kirish taqiqlangan Tojikistonning 1500 fuqarosiga Rossiyaga kirishga ruxsat berildi. Ular endi yana Rossiya chegarasini kesib o‘ta oladilar. Umumiy hisobda Tojikiston migratsiya xizmati Rossiyaga qayta kirishga ruxsat berish uchun 3000 ta ariza olgan.

Bu Tojikiston migratsiya xizmati va Rossiya Federal migratsiya xizmati o‘rtasidagi muzokaralar evaziga mumkin bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, jarayon bepul bo‘lib, quyidagicha kechadi: ariza olinadi, ma'lumotlar to‘planadi va Rossiya FMXga yuboriladi. U yerdagilar 15-25 kundan keyin Tojikiston migratsiya xizmatiga javob yuboradilar.

Shu bilan birga manba Rossiyaga kirishga taqiqlov bilan deportatsiya va haydab chiqarishni adashtirmaslikni aytdi. Rossiyada amalga oshirilgan qonunga xilof harakatlar, misol uchun, telefonga, kommunal xizmatlarga haq to‘lamaslik, ro‘yxatdan o‘tishni ortga surish va shu kabilar uchun Rossiyaga kirish taqiqlanadi. Bunday qoidabuzarlar 200 mingga borib qolgan.

“Rossiyada o‘qish va davolanishni istovchilar hamda Rossiya fuqarolari orasida yaqinlari bo‘lganlar ustunlikka egalar”, deb aytdi manba.

Manbaning ta'kidlashicha, har yili Tojikistondan Rossiyaga 700-800 ming tojik jo‘nab ketadi.

Rossiya FMX ma'lumotlariga ko‘ra, 6 noyabr holatiga ko‘ra, Rossiyada 933 mingdan ko‘proq Tojikiston fuqarosi, jumladan 733 mingdan ko‘proq erkak va 159 mingga yaqin ayol bor. Yil boshida Rossiyada 999,1 mingdan sal ko‘proq tojikistonlik bo‘lgan.

Top