Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda F-16 qiruvchi samolyoti o‘quv mashg‘uloti paytida falokatga uchradi
AQShda F-16 qiruvchi samolyoti Nyu-Meksiko shtatida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan paytda falokatga uchradi, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.
Voqea 25 noyabrda ertalabki payt yuz berdi. Uchuvchi qulash oldidan samolyotni tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot tegishli bo‘lgan AQSh HHKning Arizona shtatidagi bazasi vakillarining aytishicha, qutqaruvchilar uchuvchini topishgan, uning ahvoli ijobiy baholanmoqda.
Falokat sabablari hozircha noma'lum, ushbu hodisani AQSh HHK vakillari guruhi tergov qiladi. Uchuvchi nomi keltirilmagan.