Sport | 09:45 / 26.11.2015
2810
1 daqiqa o‘qiladi

Evra YeChLda 100ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi fransuzga aylandi

"Yuventus" jamoasining fransiyalik himoyachisi Patris Evra YeChL guruh bosqichining 5 turida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga zaxiradan qo‘shildi.

Bu orqali 34 yoshli futbolchi o‘z faoliyatida 100-marta YeChL o‘yinida ishtirok etdi hamda bu borada fransiyaliklar o‘rtasida ikkinchi natijani qayd etdi.

Fransiya terma jamoasining sobiq a'zosi Terri Anri YeChL bahslarida 112 marta maydonga tushgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish