08:04 / 26.11.2015
3366

Merkel Ollandning Moskvaga IShID bilan kurashni muhokama qilish uchun borishi muhimligini aytdi

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Moskvaga tashrifi IShID jangarilariga qarshi kurashda muhim o‘rin o‘ynaydi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Olland bilan birga bergan matbuot-anjumanida ma'lum qildi.  

Avvalroq Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Olland Moskvaga ishchi tashrif bilan kelishi va Vladimir Putin bilan uchrashishini tasdiqlagan edi.

Ta'kidlanishicha, yetakchilar uchrashuv davomida Suriyada terrorchilarga qarshi kurashni muhokama qilishadi.

Top