07:59 / 26.11.2015
2356

Obama Argentina prezidentini yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Argentinaning yangi saylangan prezidenti Maurisio Makri bilan telefon orqali gaplashdi va uni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Reyterning Oq uydagi manbasiga asoslanib, xabar berishicha, u Argentinaning yangi prezidentini yaqindan hamkorlik qilishga chaqirgan.

"Prezident AQSh va Argentina o‘rtasidagi o‘zaro azaliy aloqalar o‘rnatilganini qayd etgan va o‘z mamlakati Argentina bilan savdo va energetika sohasidagi hamkorliklarini rivojlantirib, o‘zaro munosabatlarini yanada mustahkamlash niyatida ekanini bildirdi", deyiladi xabarda.

Biroz avvalroq, Davlat kotibi Jon Kerri AQSh Argentinaning yangi hukumati bilan hamkorlikka tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentinaning yangi prezidenti Maurisio Makri nomiga tabrik telegrammasi jo‘natgan.

Top