Jahon | 23:49 / 26.11.2015
7563
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya HKK “Jabhad an-Nusra” jangarilari to‘dasini yo‘q qildi

Rossiyaning harbiy samolyotlari “Jabhad an-Nusra” va IShID jangarilari to‘dasini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.

Konashenkovning ta'kidlashicha, Idlib viloyatida Su-25 shturmchi samolyotlari bo‘g‘ini jangarilar to‘dasiga zarba bergan.

“Aviatsiya bombalarining aniq tegishi oqibatida bitta tank, ikkita zirhli mashina va minomyot o‘rnatilgan uchta avtomobil yo‘q qilindi. Dushman tirik kuch hisobida katta talofat ko‘rdi”, deb aytdi Konashenkov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish