18:22 / 26.11.2015
2971

Smartfonlar odamlardan yiliga 49 kun o‘g‘irlashi aniqlandi

Smartfon va planshetlar egalari ulardan foydalanishga yiliga o‘rtacha 49 kun sarflaydi. Bu natijalar TNS firmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra olindi. 16-30 yoshdagi insonlar o‘z gadjyetlari ekranlariga kuniga o‘rtacha 150 marta qarashi, bu ishga jami 3.2 soat sarflashi aniqlandi.

Telefonga o‘rnatilgan o‘rta miqdordagi 60-70 ilovadan egalari faqat 10tasidan mutazam foydalanadi. Smartfonlarda sarflanadigan vaqtning asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlarga va onlayn videolar ko‘rishga ketadi.

46-65 yoshdagilar esa kuniga 1.5 soat vaqtini gadjyetlari ekraniga qaragan holda o‘tkazadi.
“Biz hozirgi lahzadan rohat olish, sog‘inish va o‘zimiz bilan o‘zimiz yolg‘iz qolish qobiliyatini yo‘qotdik, - dedi kompaniya ijrochi direktori Alister Litvud. – Buning o‘rniga biz har bo‘sh daqiqamizda video ko‘rish va qiziqarli voqealar o‘qish bilan ko‘ngil ochamiz”.

Top