Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada parlament saylovlari arafasida muxolifatchi siyosatchi o‘ldirib ketildi
Venesuelaning “Demokratik harakat” muxolifat partiyasi yetakchilaridan biri Luis Manuel Diasning o‘ldirib ketilgani haqida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Hozirgina “Demokratik harakat” bosh kotibi Luis Manuel Dias Altagrasiya-de-Orituko shahrida o‘q otar qurol bilan o‘ldirildi. U sahnada Lilian Tintori bilan birga edi”, - deya yozdi partiya bosh kotibi Enri Ramos o‘z tvitterida.
Qotillik 6 dekabrda o‘tkazilishi belgilangan parlament saylovlari arafasida saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida sodir bo‘ldi. Jinoyatchilar guruhi avtomobildan turib Diasga qarata o‘q uzishgan.