Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:20 / 27.11.2015
3308
1 daqiqa o‘qiladi
Qashqadaryodagi qishloqlardan birida qariyb uch mln so‘mlik oziq-ovqat o‘g‘irlab ketildi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi Oysuluv ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli do‘kondan 2.7 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari o‘g‘irlab ketilganini bildirdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar tufayli tez orada ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. U jabrlanuvchining hamqishlog‘i bo‘lib chiqdi.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish