Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:47 / 28.11.2015
3324
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliya Yaponiyaning kit ovlashni qayta boshlash haqidagi qarorini tanqid ostiga oldi
Avstraliya atrof muhit vaziri Greg Xant Yaponiyaning Antarktikada kit ovlashga qaytadan ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda Sky News Australia xabar bermoqda.
Xant “ilmiy faoliyat” bahonasi bilan kitlarni o‘ldirish kurakda turmaydigan tashabbus ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Ilgariroq BMT sudi Yaponiya va boshqa davlatlarga bunday faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlagan edi. Ammo Yaponiya qonunchilari bunday tashabbusni ilgari surishi bilan masala yana kun tartibiga olib chiqildi.