Jahon | 11:05 / 28.11.2015
2909
1 daqiqa o‘qiladi

Parijdagi aeroportda radikal qarashlarga ega 57 kishi ishdan bo‘shatildi

Parijdagi Ruassi — Sharl-de-Goll aeroporti rahbariyati radikal qarashlarga ega 57 kishini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Ruassi va Le-Burjye aeroportlari xavfsizlik xizmatlari vakili Filipp Riffo ma'lumot berdi.

“13 noyabrda Parijda sodir etilgan hujumlardan so‘ng 5 kishi ishdan bo‘shatildi”, - uning so‘zlarini keltiradi Valeurs Actuelles nashri.

Uning so‘zlariga qaraganda, jarayon to‘xtamaydi: radikal qarashlarga ega xodimlar bo‘shatilishi davom etadi.

Riffoning ta'kidlashicha, yil boshidan buyon aeroportning yopiq zonalariga kira oladigan 86 ming kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan, shulardan 5 ming nafari xavfsizlik xizmatlari vakillaridir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish