Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (23-29 noyabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.
Kanada bosh vaziri o‘zining yorqin raqsi bilan internet olamida “tilga tushdi” (video)>>
Yaqinda Kanadaning yangi bosh vaziri Jastin Tryudo o‘zining yorqin hindcha raqsi bilan internetda shov-shuv bo‘lib ketdi.
Dunyoda Shimoliy oq karkidonlarning so‘nggi uchtasi qoldi>>
San-Diyego safari-xiyobonida Nola ismli 41 ga kiradigan Shimoliy oq karkidon o‘ldi. Shu sabab yer yuzida shu turga mansub uch karkidon qoldi
Olimlar tezda aqlli bo‘lib qolishning yo‘lini kashf etishdi>>
Sharqiy London universiteti tadqiqotchilari inson miyasining tez va yaxshi ishlashi hamda intellektual imkoniyatlarini oshirishning oddiy usulini tadbiq etishdi.
Kanadalik juftlik suriyalik qochqinlarga yordam berish maqsadida to‘y bazmini bekor qildi>>
Kanadaning Toronto shahrida istiqomat qiluvchi Samanta Jyekson va Farzin Yusefyan 2016 yilning mart oyiga mo‘ljallangan to‘ylari bazmini bekor qilishdi hamda unga ketadigan pullarni suriyalik qochqinlarga ajratishdi.
Fuk Det Bich ism-familiyali avstraliyalik o‘z ismi tufayli Facebook`ka kirishi 3 marta to‘sib qo‘yildi>>
Facebook ma'muriyati Avstraliyada yashovchi, kelib chiqishiga ko‘ra vetnamlik bo‘lgan Fuk Det Bichga o‘z xizmatlaridan foydalanishni to‘sib qo‘ydi.
Xitoyda jonivorlarni klonlashtiradigan yirik ferma ishga tushadi>>
Tyantszin iqtisodiy va texnik taraqqiyot zonasi boshqaruv qo‘mitasi hamda Sinica kompaniyasi strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Tojikistonlik noqonuniy muhojirlar Nijniy Novgoroddagi maxsus qabul bo‘limidan devorni teshib qochib ketishdi>>
Tojikistonlik uch nafar noqonuniy muhojir Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash muassasidan qochib ketdi.
Apple barmoq izi skaneriga ega OLED-dislpeyni patentlamoqchi>>
Apple kompaniyasi barmoq izi skaneriga ega OLED-dislpeyga patent olish uchun ariza berdi.
O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida qayd etildi>>
2014 yil statistikasiga asoslangan holda amalga oshirilgan, so‘nggi 15 yil mobaynidagi terrorizmning jahon mintaqalaridagi faolligi trendlari haqidagi “Dunyo terrorizm indeksi” nomli bayonotda qayd etilishicha, O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida.
Artel xo‘jalik texnikalari Bojxona ittifoqi bozorlariga chiqadi>>
Artel savdo belgisi Bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Obama Spilberg va Streyzandni AQShning oliy mukofotlari bilan taqdirladi>>
AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda o‘tkazilgan tantanali marosimda rejissyor Stiven Spilberg va aktrisa Barbra Streyzandga ozodlik medallarini topshirdi.
Samarqandda qo‘lbola Jack Daniel's viskisini tayyorlab sotganlar fosh qilindi>>
Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda viloyat hududida qo‘lbola usulda kontrafakt alkogolli ichimliklar tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin sexlar faoliyati fosh qilindi.
Toyota Yaponiyada 1,6 mln dona avtomobilini xavfsizlik yostiqchasidagi muammolar tufayli chaqirib oladi>>
Yaponiyaning Toyota Motor avtokonserni Takata firmasi tomonidan tayyorlangan xavfsizlik yostiqchasi sifatini yana bir marta tekshirib ko‘rish uchun mamlakat hududagi 1,6 mln dona avtomobilni qaytarib oladi.
Olimlar yaratgan Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi’dan 100 barobar kuchli bo‘ladi>>
Olimlar 4 yildan buyon ish olib borayotgan Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi muqobili bo‘lishi mumkin.
Xelsinkida “mobil telefonli odamlar” yo‘l belgisi paydo bo‘ldi
Xelsinki (Finlyandiya)da yangi yo‘l belgisi — qo‘llarida telefon bilan qadam tashlayotgan odamlar tasvirlangan qizil-sariq uchburchak paydo bo‘ldi.
“Dunyodagi eng omadsiz ism” egasi hazil qilganini tan oldi>>
“Dunyodagi eng omadsiz ism” egasi sifatida nom chiqargan vetnam millatiga mansub avstraliyalik hazil qilganini tan oldi.
Amazon Nyu-York metrosidan natsizm ramzlari tushirilgan reklamani olib tashlaydi>>
AQShning Amazon kompaniyasi jamoatchilik bosimi ostida Nyu-York metrosida joylashtirilgan yangi televizion shou reklamasini olib tashlashga majbur bo‘lmoqda.
Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga faqat o‘zbekistonliklar da'vogarlik qilmoqda>>
Osiyo futbol konfederatsiyasi bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshilari bo‘lishga da'vogarlarning yakuniy uchlik ro‘yxatini e'lon qildi.
Belgiyada Yevropa ligasi o‘yini muxlislarsiz stadionda o‘tkaziladi>>
Yevropa ligasining 5-turidan o‘rin olgan, 26 noyabr kuniga belgilangan Bryusselning "Bryugge" va Italiyaning "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida "Yan Breydel" stadionidagi tribunalar bo‘sh bo‘ladi.
O‘zbekistonda san'atkorlarning xarajatlari qancha?>>
“Darakchi” gazetasining o‘tgan sonida qo‘shiqchi va boshlovchilarning to‘y xizmatlari haqida ma'lumotlar chop etilgan edi.
Toshkentdagi kollejda Samsung akademiyasi ochiladi>>
2015 yilning 27 noyabr kuni Toshkent Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida Samsung Innovatsion servis akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Uzoq kutilgan olti millioninchi qirg‘izistonlik tug‘ildi>>
Olti millionichi qirg‘izistonlik bo‘lishi kutilgan chaqaloq nihoyat, bugun, 26 noyabr kuni dunyoga keldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ko‘chalarida 4 milliondan ziyod mashina harakatlanmoqda>>
«Qashqadaryo» gazetasi muxbiri avtomobillarning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘rov o‘tkazib, "Avtomobilsiz bir kun yoxud "g‘ildirakli kimyoviy fabrika" nomli maqola yozgan.
Toshkentda Ikkinchi jahon urushi davriga oid avtomobil aniqlandi>>
Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan suratga ko‘ra, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan Willys MB avtomobili borligi aniqlandi.
Aviakompaniya: 8 mlrd dollarga Olmaota aeroportida oltin unitazlar o‘rnatish mumkin>>
Qozog‘istonning Olmaota shahrida yangi aeroport qurishga 8 mlrd dollar talab qilinishi ma'lum qilingan edi.
Coca-Cola kompaniyasining bosh ilmiy xodimi Rona Appelbaum AQShni qamrab olgan “semizlik epidemiyasi”da kompaniyaning rolini kamaytirishga urinishlar bilan bog‘liq tanqiddan keyin iste'foga ketishga qaror qildi.
Inqiroz tufayli Qozog‘iston avtobozorlarida qimmat chet el mashinalari suv-tekin bo‘lib ketdi>>
Moliyaviy inqiroz, valyuta narxining ko‘tarilishi, savdolarning keskin tushib ketishi munosabati bilan Qozog‘istonda avtomobil bozorida narxlar tushishi kuzatildi, bu esa, o‘z navbatida, chet el mashinalarining arzon-garovga ko‘p miqdorda sotilishiga sabab bo‘lmoqda.
44 yil qamoqda o‘tirib chiqqan odam 2015 yildan olgan taassurotlari haqida aytib berdi>>
Amerikalik 69 yoshli Otis Jonson 1971 yildan buyon qamoqda o‘tirib, 2015 yili ozodlikka chiqarildi.
Rossiya yulduzlari Turkiyada dam olishdan voz kechmoqda>>
Urib tushirilgan Su-24 tufayli Turkiya va Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga shou-biznes yulduzlari ham befarq qarab turmadi.
Avariyada halok bo‘lgan aktyor Pol Uokerning otasi Porsche ustidan sudga ariza berdi>>
2013 yilda yo‘l-transport hodisasi tufayli olamdan o‘tgan Pol Uokerning otasi Porsche nemis avtokompaniyasini sudga berdi.
Germaniyalik muxbir "Krasnodar" stadionidagi vay-fay paroli "19411945" ekanidan qo‘rqib ketdi>>
Germaniyalik jurnalist Matias Dersh "Krasnodar" jamoasi matbuot markazidagi simsiz internetga ulanish tizimi paroliga e'tibor qaratdi.
FIFA yoshlar futbolini targ‘ib qiluvchi tashkilotga 48 dona qimmatbaho soat xayriya qildi>>
FIFA axloq qo‘mitasi 48 dona qimmatbaho soatni yoshlar o‘rtasidagi futbolni targ‘ib qiluvchi Streetfootballworld global jamoat tashkilotiga xayriya sifatida taqdim etdi.
Toshkentda avtomobillar tirbandligi tufayli poyezd kutib turdi (foto)>>
Toshkentning Sergeli tumanidagi temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketgan mashinalar tufayli o‘nlab vagonlardan iborat poyezd sostavi to‘xtashga majbur bo‘ldi.
The Local: Fransiya tamaki chekish kamroq jozibaliroq ko‘rinishi uchun sigaretlarda logotiplar tushirishni taqiqladi>>
Fransiyada parlament o‘z ovozini bergandan keyin sigaretlar keyingi yilgacha “toza” qutilarda sotiladi.
Detroytdagi kompaniya Muhammad Ali sharafiga chiqargan soati kolleksiyasini namoyish qildi>>
AQShning Detroyt shahrida joylashgan Shinola soatsozlik kompaniyasi cheklangan miqdordagi yangi kolleksiyasini afsonaviy bokschi Muhammad Ali sharafiga chiqardi.
Floridada yuk mashinalaridagi mingga yaqin rodjyestvo archasi o‘g‘rilab ketildi>>
AQShning Florida shtatida talonchilar ikkita yuk mashinasiga ortilgan mingga yaqin rodjyestvo archalarini o‘g‘rilab ketishdi.
Olimlar smartfon va sariyog‘li buterbrod o‘rtasida umumiy jihatni aniqlashdi>>
Aston universiteti olimi Robert Metyuz smartfon qaysi tomoni bilan yerga tushishiga qanday kuchlar va omillar ta'sir qilishini tushuntiruvchi formulani chiqardi.
Obama Shukronalik kuni arafasida boshpanasizlarning qornini to‘yg‘azdi>>
AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining rafiqasi va qizlari bilan AQShda 26 noyabrda nishonlangan Shukronalik kuni arafasida Vashingtondagi boshpanasizlar markazida boshpanasizlarga ovqat ulashish an'anaviy tadbirida ishtirok etdi.
Qozog‘istonda jismoniy shaxslarga avtobus va mikroavtobuslarga egalik qilishni taqiqlash taklif etilmoqda>>
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi jismoniy shaxslarni avtobus va mikroavtobuslarga egalik qilish huquqidan mahrum qilishni taklif etmoqda.
Fiziklar lazer yordamida 99 foizli spirt olishni o‘rganishdi>>
Amerikalik olimlar spirtni yorug‘lik yordamida distillash usulini kashf qilishdi.
Google Translate da galaktika tili tarjimoni paydo bo‘ldi>>
Google kompaniyasi o‘zining Google Translate tarjimoniga “Yulduzlar jangi” filmida foydalanilgan aurebesh alifbosidan foydalangan holda galaktika tilini ham kiritdi.
40 mingdan ortiq firmalar elektron tarzda tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi>>
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etilgandan beri fuqarolar tomonidan yuborilgan arizalar soni 40 000 dan oshdi.
O‘zbekistonda birinchi marta qoshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya bajarildi>>
O‘zbekistonda birinchi marta qoshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 9 oylik ijrosi ko‘rib chiqildi>>
27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq tushumi 25,4 foizga oshdi
27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zDJTUda ilk bor tashkil etilgan “Students` union”ga prezident saylandi>>
27 noyabr kuni O‘zDJTUning faollar zalida oliygohda ilk bor tashkil etilayotgan “Students`union”, ya'ni “ talabalar uyushmasi”ga prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
Oltinko‘l sanoat kasb-hunar kollejida “Biz - jinoyatchilik va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi>>
Yoshlar – yurtimiz ertasi, kelajagimiz davomchisidir. Barkamol avlodni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan.
2015 yildan buyon O‘zbekistonda yana 830ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi>>
27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi>>
2015 yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Elchixonasida Janubiy Koreyaning taniqli siyosat va davlat arbobi, sobiq prezidenti Kim Yong Samning vafot etganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.
Uchquduqdagi Shimoliy kon boshqarmasi harbiylashgan qo‘riqlash otryadi boshlig‘i pora ustida qo‘lga olindi>>
Navoiy viloyati Uchquduq shahridagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Baxtiyorjon Rahimov pora ustida qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 58,7 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflandi>>
27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida byudjyet xarajatlar qismining 58,7 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflangani ta'kidlab o‘tildi.
Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi>>
2015 yilning 26 noyabr kuni Jizzax shahrida BMT Taraqqiyot dasturi «Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich» loyihasining 2015 yildagi faoliyati natijalari va 2016 yildagi ish rejasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda elektr nazoratchisining ish o‘rganuvchisi o‘zini inspektor deb tanishtirib, mijozlarning pulini o‘zlashtirdi>>
Samarqandda elektr nazoratchisining ish o‘rganuvchisi o‘zini inspektor deb tanishtirib, mijozlarning pulini o‘zlashtirdi.