Jahon | 08:25 / 30.11.2015
1894
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi va Turkiya muhojirlar borasida ajratiladigan moliyaviy ko‘mak borasida kelisha olmadi

Migratsiya inqirozi masalasini hal etishga Anqaraga ajratilinadigan mablag‘ning hajmi va vaqti masalasida Yevropa Ittifoqi va Turkiya pozitsiyasi o‘rtasida kuchli ixtilof kelib chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Bryussel Anqara yaqin ikki yil ichida qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashi uchun 3 mlrd yevro ajratishga rozi. Ammo Turkiyaning istagicha, bu summa kam, unga bir yilga 3,5 mlrd yevro zarur”, — deyiladi manbada.

Kelishuvga erishilganida, Yevropa Ittifoqi 500 mln yevroni o‘z byudjyetidan, qolgan 2,5 mlrd yevroni esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining milliy byudjyetidan ajratishni mo‘ljallagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish