16:42 / 30.11.2015
2417

Kongoda aholijoyga uyushtirilgan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasidagi aholijoyga uyushtirilgan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qurbonlarning aksariyati machete bilan chopib tashlangan. Hujum Ugandada faoliyat yurituvchi “Birlashgan demokratik kuchlar” nomi ostidagi ekstremistik guruh jangarilari tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.

Mahalliy nohukumat tashkilotlardan birining ma'lumot berishicha, qurbonlarning asl soni 30 nafardan oshadi.

Top