07:44 / 01.12.2015
3490

Kolomoyskiy: Poroshenko Yanukovichdan aqlliroq ish tutmoqda

Ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiy Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni avvalgi prezident Viktor Yanukovichdan aqlliroq deb hisoblashini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Petr Alekseyevichning Viktor Fedorovichdan farqi u shunchaki bilimliroq, aqlliroq, nozikroq”, deb aytdi Kolomoyskiy.

Tadbirkorning fikricha, ikki yetakchi ham mamlakatda hokimiyat shaklini o‘zgartira oldilar, biroq Poroshenko aqlliroq ish tutmoqda.

“Men shuni aytmoqchimanki, Yanukovich parlament-prezident respublikasi bazaviy konstitutsiyasida prezident bo‘lib, yarim yil ichida o‘zining vakolatlarini o‘zgartirib, hokimiyatning prezident-parlament shaklini o‘rnatgan bo‘lsa, unda madaniyatli mamlakatda u bunday vaziyatda yangi vakolatlardagi prezident maqomini olish uchun qayta saylovlarga borishi kerak edi. Petr Alekseyevich nima uchun nozikroq? U bizda de-fakto prezident-parlament shaklini o‘rnatdi, vaholanki konstitutsiya bo‘yicha u parlament-prezident shaklida”, deb aytdi Kolomoyskiy.

Top