23:29 / 02.12.2015
3764

AQShda bolalarga ismlar qo‘yishda Instagram filtrlari nomidan foydalanish ommalashib ketdi

Yil sayin odamlar o‘z farzandlari uchun antiqa ismlar o‘ylab topmoqdalar va ularni qirollik unvonlari bilan “mukofotlamoqdalar”. Yosh ota-onalarni farzandlariga antiqa ism berishga nafaqat YouTube yulduzlari va videoo‘yinlar qahramonlari, balki Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi filtrlar ham ilhomlantiradi.

Ko‘pgina yoshlar tom ma'noda ijtimoiy tarmoqlarda yashaydilar va o‘z farzandlariga fotosuratni qayta ishlash uchun sevimli filtri sharafiga ism berishda hech qanday antiqalikni ko‘rmaydilar.

2015 yilda o‘g‘il bolalar uchun Lyuks va Lyudvig hamda Amaro (Amaro), Rayyes (Reyes), Gudzon (Hudson) va Kelvin (Kelvin) ismlari berish ommalashdi. Qizlarni esa Juno (Juno), Valentsiya (Valencia) va Villou (Willow) filtrlari sharafiga nomlashmoqda.

Top