10:28 / 02.12.2015
4228

"Bunyodkor" OChL-2016 pley-off bosqichida "Al Shabab"ga qarshi o‘ynaydi

OFK 2016 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining pley-off bosqichi juftliklari nomini ma'lum qildi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi rasmiy saytida ma'lumot berilgan.

"O‘zbekiston uchun ajratilgan 3+1 kvotasiga muvofiq, bahslarga pley-off bosqichidan qo‘shiladigan “Bunyodkor” jamoasining raqibi ma'lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, “Bunyodkor” pley-offning bir uchrashuvdan iborat 3-bosqichi doirasida BAAning “Al-Shabab” klubini qabul qiladi. Guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi “Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi 9 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi", deyilgan xabarda.

Top