13:09 / 02.12.2015
5204

Chernogoriya NATOga qabul qilindi

NATO davlatlari TIV kengashi Chernogoriyaning alyansga qabul qilinishini tasdiqladi, deb yozadi Reuters agentligi.

“Biz Chernogoriyani tabriklaymiz. Bu juda chiroyli alyansning boshlanishidir”, - dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Bryusselda o‘tgan uchrashuvda.

Shu tariqa, Chernogoriya NATOning 29-a'zosiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mamlakatning alyans ishtirokchilari safiga qo‘shilish jarayoni 1.5 yildan so‘ng yakunlanishi mumkin.

Ilgari Rossiya TIV Chernogoriya bilan olib borilayotgan muzokaralarga e'tiroz bildirgan edi.

Top