Jahon | 19:33 / 02.12.2015
2815
1 daqiqa o‘qiladi

Parij voqealaridan so‘ng Fransiyada uchta masjid yopildi

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov Parij voqealaridan so‘ng mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan uchta masjid yopildi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, masjidlar faoliyatining to‘xtatilishiga ularning “radikallashish”da gumon qilingani sabab bo‘lgan.

Bundan avvalroq esa 13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan terroristik hujumlardan sababli favqulodda holat e'lon qilingan Fransiyada politsiya 2 ming martadan ziyod reydlar o‘tkazgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish