Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya qiruvchi samolyotlari Kiprdagi aviabazadan Suriyaga uchib ketdi
Britaniyaning Tornado qiruvchi samolyotlari Kiprdagi Akrotiri aviabazasidan Suriyaga IShID pozitsiyalariga zarba berish uchun uchib ketdi, deb xabar bermoqda iTV telekanali.
Telekanal muxbirining aytishicha, samolyotlar bazani parlamentda IShIDga qarshi operatsiya o‘tkazish bo‘yicha ovoz berish jarayoni tugagandan keyin bir soat o‘tib tark etgan.
Muxbirning ta'kidlashicha, samolyotlar ovoz berish jarayoni boshlangandan beri jangovor tayyorgarlikda turgan.
Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri mamlakat IShIDga qarshi bir yildan ko‘proq vaqt davomida zarba bera olishini aytgandi.