Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li Rossiyaning Anqara neft savdosida IShID bilan hamkorlik qilayotgani borasidagi ayblovlari Sovet davri propagandasini eslatib yuborayotganini aytdi.
“Sovuq urush yillarida Sovet propagandasi mashinasi ishlardi. Har kuni u yolg‘on yaratardi. Birinchi navbatda, ular bu yolg‘onga o‘zlari ishonib, butun dunyo ham ishonishini kutardi”, - uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Dovudo‘g‘li Rossiyaning targ‘ibotiga hech kim e'tibor qaratmayotganini alohida ta'kidladi.