16:40 / 04.12.2015
1660

BMT: yil boshidan buyon Yevropga 890 ming qochqin kirib keldi

2015 yilning boshidan buyon O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa hududiga jami 893 970 muhojir kirib keldi. Bu haqda Jyenevada Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan ma'lumot berildi.

Muhojirlarning eng katta qismini Gretsiya qabul qildi – 763 ming nafar. Undan keyingi o‘rinda 143 ming kishi bilan Italiya turibdi. Gretsiyaga kelganlarning ko‘pchiligi suriyaliklar (388 ming), afg‘onlar (142 ming) va iroqliklar (44 ming). Italiyada esa ko‘pchilikni eritreyaliklar (38 ming), nigeriyaliklar (19.5 ming), somaliliklar (11 ming) tashkil qildi.

1 dekabrdan O‘rta Yer dengiziga kelganlarning umumiy miqdori 15 ming kishidan oshdi.
Shuningdek, yil boshidan buyon 3 601 kishi dengizda g‘arq bo‘ldi.

Top