Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:30 / 04.12.2015
14532
1 daqiqa o‘qiladi
Iroqlik kurdlar: Rossiya Mudofaa vazirligi ko‘rsatgan IShIDning neft tashuvchi mashinalari bizga tegishli
Tan olinmagan Iroq Kurdistonida Rossiya Mudofaa vazirligi chop etgan suratlardagi IShIDning neft tashuvchi mashinalari aslida kurdlarga tegishli ekanligi aytildi, deb xabar bermoqda Daily Sabah nashri.
Kurdlarning ta'kidlashicha, suratlarda Iroq Kurdistonidan Turkiyaga neft tashiyotgan avtosisternalar ko‘rsatilgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi ham Suriya, ham Turkiya hududida to‘planib turgan benzovozlar qayd qilingan suratlarni chop etgan edi.