Jamiyat | 17:36 / 04.12.2015
2373
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjondagi maktab o‘quvchilari darslarni qoldirgani uchun jarimaga tortiladi

Ozarbayjon parlamenti Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga maktab darslariga qatnashmaganlarga jarima solish bo‘yicha band kiritdi. Bu haqda «Interfaks-Ozarbayjon» axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Kodeksga kiritilgan yangi o‘zgarishga ko‘ra, maktab darslarini bir oy davomida bir haftadan ortiq muddatga o‘tkazib yuborgan o‘quvchilarning ota-onalari 100 manat (taxminan $100) miqdorida jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish