20:16 / 04.12.2015
4024

Si Tszinpin: Xitoy Afrika bilan hamkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 60 mlrd dollar ajratadi

Xitoy hukumati Xitoy va Afrika davlatlari bilan 10 ta hamkorlik dasturini moliyalashtirish uchun 60 mlrd dollar taqdim qiladi.

Bu haqda Xitoy raisi Si Tszinpin Yoxannesburgda Xitoy-Afrika hamkorligi sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Xitoy hamkorlik bo‘yicha 10 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun ularni moliyalashtirishga 60 mlrd dollar ajratadi”, deb aytdi Si Tszinpin.

Si Tszinpin o‘zining nutqida yaqin uch yilda Xitoy va Afrika davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustaqkamlash uchun qaratilgan 10 ta dasturni amalga oshirishni taklif qildi. Bu dasturlar sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, infratuzilmalar qurish, moliyaviy xizmatlar sohasini takomillashtirish, savdo va investitsiyalar uchun sharoitlarni yengillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, kambag‘allik bilan kurash va aholi turmush tarzi, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, gumanitar almashuvlar, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Si Tszinpinning aytishicha, 35 mlrd dollar imtiyozli qarz va Xitoy mahsulotlarini sotib olish uchun eksport krediti sifatida taqdim qilinadi. 5 mlrd dollar Afrika davlatlariga foizsiz kreditlar yoki beg‘araz yordam sifatida, yana 5 mlrd dollar Xitoy-Afrika taraqqiyot jamg‘armasi va Afrikaning kichik va o‘rta korxonalarining rivojlanishini kreditlash bo‘yicha maxsus dasturiga qo‘shimcha sarmoya sifatida kiritiladi. Yana 10 mlrd dollar ta'sis etilayotgan Xitoy-Afrika ishlab chiqarish kooperatsiyasi jamg‘armasiga kiritiladi.

Bugun, 4 dekabrda Xitoy-Afrika hamkorlik forumining ikki kunlik sammiti ochildi. Unda Afrikaning 50 ta davlati yetakchilari, Afrika ittifoqi va mintaqadagi boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Top