10:46 / 05.12.2015
16603

Futbol amaldorini dam olish paytida qo‘lga olishdi

Gvatemala futbol federatsiyasi bosh direktori Gektor Truxilo AQShning Florida shtatidagi Port-Kanaveralda qo‘lga olindi. Bu haqda 5 dekabr kuni CNN xabar bermoqda.

U korrupsiyada yangi ayblangan FIFAning amaldagi va sobiq 16 nafar rahbarlaridan biri hisoblanadi, deb ma'lum qildi AQSh bosh prokurori Loretta Linch.

Aynan shu kuni Shveytsariya politsiyasi 2010, 2018, va 2022 yillar jahon chempionatiga mezbonlik qilish bilan bog‘liq pul o‘tkazish ishi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochdi. Ayblar amaldagi va sobiq 14 nafar futbol amaldoriga nisbatan joriy etildi.

AQSh adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 24 yil ichida FIFA amaldorlari 150 million dollar miqdorida pora olishgan.

Top