20:10 / 05.12.2015
7000

Hindistonda ruhoniy maymunlar tomondan toshbo‘ron qilinishi oqibatida halok bo‘ldi

Hindistonda maymunlar Munna Mirsha ismli ruhoniyni o‘zining uyi oldini tozalayotganda toshbo‘ron qilishdi. Oqibatda erkak o‘limga olib keluvchi jarohatlar oldi.

Ruhoniy shifoxonaga yetkazildi, biroq shifokorlar unga yordam bera olmadilar. Ruhoniy olingan jarohatlardan halok bo‘ldi.

Hindiston hukumati maymunlar to‘dasining odamlarga hujumi birinchi marta sodir bo‘lmayotganini aytdi. Maymunlar tajovuzidan oxirgi vaqtda 3 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Express nashri.

Maymunlar, shuningdek, ayollar va bolalarga ham hujum qilmoqda. Maymunlar nafaqat odamlarga tosh otmoqda, balki ularning oziq-ovqatlarini o‘g‘irlab ketmoqda. Ba'zi maymunlar odamlardan sumka va mahsulotlar solingan paketlarni tortib olish maqsadida ularni tishlab olish holatlari uchramoqda.

Top