00:21 / 05.12.2015
11613

Toshkentda do‘stini o‘ldirib qo‘ygan 22 yoshli yigit 15 yilga qamalib ketdi

Toshkentlik 22 Botirbek Mansurov o‘z tengdoshi va do‘sti, bir mahallada o‘sgan Ahror Vosiyevni pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani uchun sud tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, ular o‘zaro hazillashib yurishgan va yaqin do‘stlar hisoblanishgan. Ammo bir kuni hazil jiddiylashib ketgan, natijada Vosiyev Mansurovga ikki musht tushirgan. Bunga chiday olmagan Mansurov pichoq olib chiqib, do‘stining ko‘kragiga urgan. Kutilmagan zarabadan esankirab qolgan Vosiyev qocha boshlagan, ammo qotil uni quvib yetib, yana zarbalar bergan.

Jarohatlar oqibatida Vosiyev voqea joyida olamdan o‘tgan.

Top