Jamiyat | 14:39 / 05.12.2015
2392
1 daqiqa o‘qiladi

Yoshkar-Olaning sobiq meri hibsga olinadi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Yoshkar-Ola shahri sobiq meri Pavel Plotnikovni hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

"Pavel Plotnikovni hibsga olish to‘g‘risidagi yorliq Yoshkar-Ola hibsga olish sudiga kelib tushgan. Uning hibsga olinishi bilan Tergov qo‘mitasi shug‘ullanadi", deyiladi sud xabarida.

Sobiq mer katta miqdordagi pora olganilikda gumon qilinmoqda. U 2014 yilda ko‘chmas mulk biznesi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan 4 mln rubl miqdoridagi pora olishda gumon qilingan.

25 noyabr kuni shahar deputatlari Plotnikovni iste'foga chiqarishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish