Jamiyat | 16:29 / 06.12.2015
3169
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada suriyaliklar qalbaki pasportlar bilan qo‘lga tushdi

6 nafar suriyalik Argentina politsiyasi tomonidan mamlakat hududiga soxta pasportlar orqali kirib olishga uringanida (Gretsiya pasportlari bilan) to‘xtatib qolindi.

Mahalliy politsiya ma'lumotida aytilishicha, qo‘lga olinganlardan 5 nafari o‘rta yoshli erkaklar va bir nafari yosh bola.

Ayni vaqtda ular Buenos-Ayres shahridagi mehmonxonada uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida ham 5 nafar suriyalik qalbaki pasportlar bilan qo‘lga olingandi.

Ular Gretsiyada tayyorlangan soxta paspotlari bilan AQShga o‘tishni niyat qilishgandi. Ular terrorchilarga aloqador emasligi aniqlangan.

AQSh hukumati 13 noyabr kuni Parijda amalga oshirilgan teraktlar ijrochilaridan biri Fransiyaga Gretsiya hududi orqali kelganidan xavotirdaligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish