20:13 / 06.12.2015
3444

Boku neftchilarning tanalarini topishda Kaspiybo‘yi davlatlaridan yordam so‘ramoqda

Ozarbayjon Kaspiybo‘yi davlatlariga o‘zlarining ichki suv hududlarida Kaspiy dengizidagi neft platformasidagi yong‘indan keyin bedarak yo‘qolgan ozarbayjonlik neftchilarning tanalarini topishda yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Bu haqda matbuot-anjumanda Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) vitse-prezidenti Xoliq Mamedov ma'lum qildi.

Uning aytishicha, Qozog‘iston, Eron, Rossiya va Turkmaniston chegara xizmatlariga tegishli murojaat yuborilgan.

“Barcha boshqarmalar, jumladan SOCAR rahbariyati dengizda”, deb ta'kidlab o‘tdi Mamedov.

Neft platformasidagi yong‘in gaz quvuridagi nosozlik tufayli 4 dekabrda kechki payt boshlangan. Platformadan 30 neftchi qutqarib olingan, biroq 29 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

Top