21:04 / 06.12.2015
17195

Ramzon Qodirov AQShni islom dunyosini yo‘q qilishga urinishda ayblamoqda

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov arab va musulmon davlatlari yetakchilarini “bir mushtga” birlashishni va AQShning “islom dunyosin yo‘q qilish” urinishiga yagona front bilan qarshi turishga chaqirdi.

Qodirovning fikricha, musulmon dunyosi AQSh va uning ittifoqchilariga “Yo‘q” deyishi kerak va “o‘z manfaatlari yo‘lida butun xalqlar va davlatlarni qurbonlikka keltiruvchi hadidan oshib ketgan siyosatchilarni popugini pasaytirib qo‘yishi” kerak. Qodirovning ta'kidlashicha, aynan AQSh va uning ittifoqchilarining “qo‘pol, to‘mtoq ishi” terrorchilik internatsionalining paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu bilan birga Qodirov AQSh bilan urush boshlashga chaqirmayapti.    

“Ba'zi davlatlar, jimgina o‘z qismatini kutib o‘tirishibdi va ularning bunday yo‘l tutishlari AQShning navbatdagi qurbonni Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Suriya, Yaman va boshqa davlatlar kiritilgan ro‘yxatga kiritishda tanlashida hisobga olinishiga umid bildirishmoqda. Shu tariqa AQSh mustamlakachilik zulmidan qutulib, AQSh, Fransiya, Angliya va boshqa davlatlardan iqtisodiy, siyosiy, harbiy bog‘liqlik kishanlarida qolgan Afrika davlatlari xalqlari ustidan mazax qilmoqda”, deb aytmoqda Qodirov o‘z instagramida.    

Avvalroq Ramzon Qodirov bir necha bor AQSh haqida salbiy fikr bildirgan. Xususan, u AQSh maxsus xizmatlarini Boris Nemtsovning qotilligida ayblagan va aynan AQSh IShIDni vujudga keltirganini ta'kidlagan.

Top