12:26 / 07.12.2015
2736

Afg‘onistonda terakt tufayli 12 kishi jarohatlandi

Afg‘onistonning Nanganhar viloyatida xudkush terrorchi o‘zini portlatdi.

Sinxua agentligida ma'lum qilinishicha, u o‘zi mingan mashina bilan politsiya mahkamasi oldida portlash amalga oshirgan.

Natijada, 12 kishi jarohat olgan.

Bundan oldinroq, IShIDning 30dan ortiq jangarisi Afg‘oniston sharqidagi Nanganhor viloyati hududida o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot natijasida o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Undan keyinroq, Times nashrida IShID jangarilari Afg‘oniston sharqidagi hududlarni bosib olgani aytildi.

Top