Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID oylik daromadining 40 foizidan ortig‘ini neft savdosi tashkil qiladi
IShID terrorchi guruhining oylik daromadi 80 mln dollarni tashkil qiladi. buning 43 foizini neft savdosidan keladigan daromad tashkil qiladi. Bu haqda IHS kompaniyasi saytida chop etilgan hisobotda aytiladi.
“Razvedka va ijtimoiy tarmoqlar ma'lumotlari tahlilining ko‘rsatishicha, IShIDning oylik daromadi 80 mln dollarni tashkil qiladi. daromadning 50 foizini nazorat ostidagi tashkilotlardan olinadigan tijoriy faoliyat solig‘i, yer va xususiy mulk musodarasi, 43 foizini esa neft savdosi daromadlari tashkil qiladi.
Qolgan qismi narkotik savdosi, tarixiy qimmatliklarning noqonuniy savdosi, elektr energiyasi yetkazmalari va ehsonlardan keladi”, - deyiladi hisobotda.